STATIK ANIQ BALKALAR HISOBI
Interaktiv o‘quv-ilmiy va muhandislik platformasi
“Statik aniq balkalar hisobi” dasturi — qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi
fanlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy hamda muhandislik hisoblarini bajarishga mo‘ljallangan
interaktiv platformadir.
Dastur yordamida statik aniq balkalar uchun tayanch reaksiya kuchlari,
kesuvchi kuch Q, eguvchi moment M, bo‘ylama kuch N, egilish chizig‘i
hamda kuchlanish holatlari avtomatik aniqlanadi va grafik ko‘rinishda tasvirlanadi.
Platformada to‘plangan kuchlar P, taqsimlangan yuklar q, juft momentlar M,
turli tayanch sxemalari, standart profillar va materiallar bazasi bilan ishlash
imkoniyati mavjud.
Mualliflar
- M.M. Mirsaidov — texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi
- T.Z. Sultanov — texnika fanlari doktori, professor
- E.S. Toshmatov — texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
- J.A. Yarashov — texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
- J. Qosimov — pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
- Z. Ahmadaliyev — assistent
Bajaruvchi tashkilotlar
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tizim imkoniyatlari
- Professional epuralar qurish
- Standart profil va materiallar bazasi
- SVG / PDF / DOCX hisobotlar
- Ko‘ndalang kesim vizualizatsiyasi
- Interaktiv muhandislik hisoblari